##archive.archives##

  • Meros
    ##issue.vol## 8 ##issue.no## 2 (2025)

    “Meros” — sharqshunoslik, manbashunoslik, tarix, tarixshunoslik, adabiyot va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlaridagi ilmiy tadqiqotlarga bag‘ishlangan jurnal. Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan nashr etiladi.

    Jurnalning 2025-yilgi 2-sonida “Manbashunoslik”, “Tarix va tarixshunoslik”, “Adabiyot” hamda “Xalqaro munosabatlar” bo‘limlari bo‘yicha ilmiy maqolalar jamlangan. Ushbu sonda qo‘lyozma manbalarni o‘rganish, tarixiy jarayonlarni tadqiq etish, adabiy merosni tahlil qilish hamda xalqaro aloqalar tarixiga oid ilmiy izlanishlar yoritilgan.

  • Meros
    ##issue.vol## 9 ##issue.no## 1 (2026)

    Meros. 2026-yil, 1-son (Volume 9, Number 1) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan nashr etiladigan ilmiy jurnal. Ushbu son manbashunoslik, tarixshunoslik, fan va madaniyat tarixi, islom va tasavvuf, til va adabiyot yo‘nalishlaridagi maqolalarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, Xitoy yozma manbalari asosida Amir Temur davri diplomatik aloqalari, sovet davri tarixshunosligida Temuriylar davlatchiligi, Ibn Sino va tabobatdagi vorislik, tasavvufdagi diniy bag‘rikenglik masalalari yoritilgan.

     
  • Meros
    ##issue.vol## 7 ##issue.no## 2 (2024)

    “Meros” ilmiy jurnalining 2024-yil 2-soni professor Ashraf Ahmedov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan maxsus ilmiy to‘plam bo‘lib, unda sharqshunoslik, manbashunoslik, fan va madaniyat tarixi hamda ilmiy merosni o‘rganishning dolzarb masalalari yoritilgan.

    Mazkur son tarkibida Abu Rayhon Beruniy va uning ilmiy maktabi, o‘rta asr Sharq ilm-fani, matematik va astronomik meros, Markaziy Osiyo ilmiy an’analari hamda tarixiy manbalar tahliliga bag‘ishlangan fundamental tadqiqotlar jamlangan. Shuningdek, nashrda al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek kabi allomalar merosi, qo‘lyozma an’anasi, ilmiy tarjima va matnshunoslik muammolari zamonaviy metodologiyalar asosida yoritilgan.

    Ushbu son sharqshunoslik va fan tarixi yo‘nalishida ilmiy maktablar davomiyligini aks ettiruvchi, manbaviy asoslangan va analitik yondashuvga ega tadqiqotlarni birlashtirgan holda, xalqaro ilmiy hamjamiyat uchun muhim akademik platforma sifatida xizmat qiladi.

  • Meros
    ##issue.vol## 7 ##issue.no## 1 (2024)

    “Meros” ilmiy jurnali sharqshunoslik, manbashunoslik, tarix, tarixshunoslik va madaniy meros tadqiqotlariga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy nashrdir. Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan nashr etiladi. 2024-yil 1-sonida manbashunoslik, tarix va tarixshunoslik, hujjatshunoslik, islomshunoslik, fan va madaniyat tarixi, adabiyotshunoslik hamda xorijiy sharq masalalariga doir maqolalar jamlangan.

    Mazkur sonning ilmiy mazmunida Sharq qo‘lyozma merosi, Aбу Rayhon Beruniy asarlari, Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi, jadidchilik, turkiy hujjatlar, diniy-manbaviy meros, adabiy matnshunoslik hamda zamonaviy sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy jarayonlari muhim o‘rin egallaydi. Mundarijada Beruniyning “Tafhim” asari qo‘lyozma nusxalari, Abu Hafs an-Nasafiy ensiklopediyasidagi oilaviy huquq formulalari, “Shuyuy Chjouzylu” manbasidagi Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasiga oid ma’lumotlar, “turk” etnografik guruhi haqidagi nazariy qarashlar, Farg‘ona vodiysi jadidlarining gazeta haqidagi mulohazalari, Shayboniylar davri turkiy yorliqlari, mo‘g‘ullar davriga oid “Fatovo al-Kabiriy” qo‘lyozmasi, To‘maris siymosi, Alisher Navoiy devoni tuzilishi, Hakim Termiziyga mansub risola hamda Markaziy Osiyo va Arab davlatlari hamkorligi kabi mavzular o‘rin olgan.

    Shu jihatdan ushbu son nafaqat tor ixtisoslashgan sharqshunoslik tadqiqotlari, balki manbashunoslik, matnshunoslik, tarixiy tafakkur, qo‘lyozma madaniyati va zamonaviy Sharq muammolarini bir maydonda birlashtiruvchi ilmiy platforma sifatida ahamiyatlidir. Jurnal soni tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va tarix, sharqshunoslik hamda madaniy meros yo‘nalishida izlanish olib borayotgan mutaxassislar uchun muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

  • Meros
    ##issue.vol## 6 ##issue.no## 2 (2023)

    “Meros” — sharqshunoslik, manbashunoslik, tarix, tarixshunoslik, adabiyot va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlaridagi ilmiy tadqiqotlarga bag‘ishlangan jurnal. Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan nashr etiladi.

    Jurnalning 2025-yilgi 2-sonida “Manbashunoslik”, “Tarix va tarixshunoslik”, “Adabiyot” hamda “Xalqaro munosabatlar” bo‘limlari bo‘yicha ilmiy maqolalar jamlangan. Ushbu sonda qo‘lyozma manbalarni o‘rganish, tarixiy jarayonlarni tadqiq etish, adabiy merosni tahlil qilish hamda xalqaro aloqalar tarixiga oid ilmiy izlanishlar yoritilgan.

  • Meros
    ##issue.vol## 6 ##issue.no## 1 (2023)

    “Мерос” — sharqshunoslik, manbashunoslik, tarix, tarixshunoslik hamda madaniy meros tadqiqotlariga bag‘ishlangan ilmiy jurnal hisoblanadi. Jurnal Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan nashr etiladi. 2023-yil 1-sonida manbashunoslik, tarix va tarixshunoslik, hujjatshunoslik, islomshunoslik, fan va madaniyat tarixi, adabiyotshunoslik hamda xorijiy Sharq mamlakatlari masalalariga oid ilmiy maqolalar jamlangan.

  • Meros
    ##issue.vol## 5 ##issue.no## 2 (2022)

  • Meros
    ##issue.vol## 5 ##issue.no## 1 (2022)

    2022 йилнинг 21 февраль куни Ўзбекистон Республикаси
    Фанлар академияси Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик
    институти Лал Баҳодир Шастри номидаги Ҳиндистон маданият
    маркази билан ҳамкорлигида Заҳириддин Муҳаммад Бобур ҳамда
    унинг авлодлари фаолиятига бағишланган “Бобурийлар сулоласи:
    тарихи, адабиёти, маданияти” мавзуидаги илмий семинар ва Бобур
    асарлари қўлёзмасининг Ҳиндистон нусхалари фото кўргазмаси
    ўтказилди.
    Тадбир аввалида иштирокчиларига Бобур асарлари қўлёзмаларининг Ҳиндистон нусхалари фото кўргазмаси намойиш қилинди.
    Кўргазманинг очилишида Ўзбекистон Фанлар академияси вицепрезиденти, Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик
    институти директори, тарих фанлари доктори, профессор Баҳром
    Абдуҳалимов ҳамда Ҳиндистон Республикасининг Ўзбекистондаги
    муҳтор элчиси Маниш Прабҳатлар сўзга чиқдилар.
    Ялпи мажлисда Ҳайдар Алиев номидаги Озарбайжон Маданият
    маркази директори Самир Аббосов, Ҳиндистон Маданият маркази
    директори профессор Чандр Шекҳар (Ҳиндистон), Бобур номидаги
    Халқаро жамоат фонди директори Зокиржон Машрабовлар Бобур ва
    бобурийлар сулоласи даври тарихи, адабиёти ва маданиятининг
    ўзбек-ҳинд маданий ва илмий алоқалари ривожидаги тарихий
    аҳамияти ва ҳозирги кундаги ўрни хусусида нутқ сўзладилар.
    Семинарда профессор Чандр Шекҳар (Ҳиндистон) – “Ҳиндистон
    Миллий музейидаги “Бобурнома”, профессор Танжу Сейхан
    (Туркия) – “Бобуршоҳ ижодида вақтга оид лексика”, профессор
    Нажмиддин Низомиддинов (Ўзбекистон) – “Бобурийлар даври ҳиндмусулмон мусиқа санъати”, профессор Алмаз Улви Биннатова
    (Озарбайжон) – “Бобурнома”да тазкирачилик анъаналари”, профессор
    Муҳаммад Ризо Насири (Эрон) – “Бобурнома” таҳрири ва янги
    маълумотлар”, доктор Шафиқа Ёрқин (Швеция) – “Бобурнинг яхлит
    воқеа ҳақида ҳикоя қилувчи шеърлари”, профессор Рамиз Аскар
    (Озарбайжон) – “Анқара миллий кутубхонасидаги Бобур асарлари”,
    филология фанлари бўйича фалсафа доктор Бахтиёр Маммедов (Озарбайжон) – “Бобур ижоди умумтуркий маданиятининг ноёб
    ҳодисаси сифатида”, филология фанлари бўйича фалсафа доктори
    Шуҳрат Ҳайитов (Ўзбекистон) – “Бобур меросининг хорижда
    ўрганилиши”, филология фанлари номзоди Салимахон Эшонова
    (Ўзбекистон) – “ЎзРФА Шарқшунослик институтидаги бобурийлар
    сулоласига мансуб назмий асарлар”, филология фанлари бўйича
    фалсафа доктори Каромат Дилором (Ўзбекистон) – “Бобурийлар
    даври ҳинд мусиқасига оид манбалар”, доктор Мирмаҳмуд
    Мирсайдуллаев (Ўзбекистон) – “Бобур муҳри”, тарих фанлари
    номзоди Саидакбар Муҳаммадаминов (Ўзбекистон) – “ЎзРФА
    Шарқшунослик институтидаги “Фатавои Оламгирия” тўплами
    қўлёзма нусхалари хусусида”, филология фанлари доктори
    Жалолиддин Жўраев (Ўзбекистон) – “Нафоис ул-маосир”
    тазкирасидаги бобурийлар сулоласига оид маълумотлар”, профессор
    Дилнавоз Юсупова (Ўзбекистон) – “Бобур “Аруз рисоласи”нинг
    темурийлар даври арузшунослигида тутган ўрни”, филология фанлари
    бўйича фалсафа доктори Ойсара Мадалиева (Ўзбекистон) – “Абдулла
    Носировнинг “Заҳириддин Муҳаммад Бобур” дафтари ҳақида”,
    тадқиқотчи Ботирали Йўлдошев (Ўзбекистон) – “Бобурнома”,
    “Ҳумоюннома” ва “Жаҳонгирнома” асарларида “Боғи Бобур”
    тавсифи” мавзуидаги маърузалари билан онлайн ва офлайн шаклида
    иштирок этдилар.
    Тадбирда Бобур ва бобурийлар шахсияти, илмий-адабий
    асарлари, маданий меросига оид янги маълумотлар тақдим этилди,
    дўстона савол-жавоблар асосидаги илмий мулоқот тарзида ўтказилди.
    Семинар иштирокчилари бундай семинарлар олимлар ўртасидаги
    илмий янгиликларни мувофиқлаштиришга, илмий ҳамкорликнинг
    кенгайишига хизмат қилишини қайд этдилар. Дунё фондаларида
    сақланаётган бобурийлар асарлари каталогини тузиш, уларнинг
    йиғма-жилдларини тайёрлаш олимлари олдидаги навбатдаги долзарб
    вазифа экани белгиланди. Шунингдек, анжуман сўнгида маърузалар
    матнини Шарқшунослик институти “Мерос” журналининг нашр
    қилиш таклифи берилди. Булар билан бирга келгусида ушбу
    семинарни ҳар икки йилда бир ташкил қилиш ва маърузалар матнини
    нашр қилиб бориш ҳақидаги фикрлар маъқулланди. Мазкур қарорга
    кўра, журналнинг навбатдаги сонида семинар материалларига
    алоҳида ўрин ажратилди.

  • Meros
    ##issue.vol## 3 ##issue.no## 2 (2020)

    Meros jurnalining ushbu sonida Markaziy Osiyo va Sharq xalqlarining yozma, tarixiy, diniy va madaniy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar jamlangan. Son materiallarida buddizmning Xitoyga kirib borishida markaziy osiyolik rohiblarning o‘rni, Abu Hafs an-Nasafiyning “Matla‘ an-nujum” asari qo‘lyozma nusxalari, Umar Nasafiyning tafsir merosi, Amir Temur davri tarixnavisligi, Turkistondagi ta’lim va bank tizimi tarixiga oid masalalar yoritiladi. Shuningdek, o‘rta osiyolik xo‘jalar sakrallashuvi, Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asarida vaqf huquqi, Shayboniylar davri kitob san’ati, Toshkent ommaviy kutubxonasi tarixi hamda mumtoz adabiyotga oid tadqiqotlar ham o‘rin olgan. Ushbu son tarixchilar, sharqshunoslar, manbashunoslar, islomshunoslar, filologlar va madaniy meros tadqiqotchilari uchun muhim ilmiy manba hisoblanadi.

  • Meros
    ##issue.vol## 3 ##issue.no## 1 (2020)

    Meros jurnalining ushbu soni Markaziy Osiyo va Sharq xalqlari tarixini yangi tarixiy manbalar hamda qo‘lyozmalar asosida yoritishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi. Nashrda islom huquqi va tafakkuri, Shayboniylar davri siyosiy tarixi, sayyidlar genealogiyasi, jadidchilik harakati, tarixiy portretlar, manbashunoslik, tarixshunoslik hamda qo‘lyozma merosini tadqiq etishga oid maqolalar jamlangan. Mualliflar mahalliy va xorijiy arxiv materiallari, qo‘lyozmalar hamda ilgari ilmiy muomalaga kiritilmagan tarixiy hujjatlar asosida yangi ilmiy xulosalarni ilgari suradilar. Ushbu son Sharq sivilizatsiyasi tarixini manbalar asosida o‘rganish, tarixiy xotirani tiklash va O‘zbekistonning ilmiy-madaniy merosini xalqaro ilmiy hamjamiyatga tanitishga xizmat qiladi.

  • Meros
    ##issue.vol## 4 ##issue.no## 1 (2021)

    “Meros” — sharqshunoslik, manbashunoslik, tarix, tarixshunoslik va madaniy meros tadqiqotlariga bag‘ishlangan ilmiy jurnaldir. Jurnal Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan nashr etiladi. 2021-yil 1-sonida manbashunoslik, tarix va tarixshunoslik, diplomatika tarixidan, fan va madaniyat tarixidan, xorijiy Sharq masalalari va Personali sohalariga oid ilmiy maqolalar jamlangan.

  • Meros
    ##issue.vol## 2 ##issue.no## 2 (2019)

    “Meros” — sharqshunoslik, manbashunoslik, tarix, tarixshunoslik va madaniy meros tadqiqotlariga bag‘ishlangan ilmiy jurnaldir. Jurnal Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan nashr etiladi. 2019-yil 2-sonida Abu Rayhon Beruniy, uning faoliyati, ilmiy ijodi va ustoz Ashraf Ahmedovning yubileyiga oid ilmiy maqolalar jamlangan.