Kumush davr rus she’riyatining ikki vakili ijodida Toshkent

Адабиётшунослик

##article.authors##

  • Aynur Najafova Al Biruni Institute of Oriental Studies, Uzbekistan Academy of Sciences

##semicolon##

Kumush asr rus she’riyati##common.commaListSeparator## Buyuk Vatan urushi,##common.commaListSeparator## shoirlarning evakuatsiya hayoti

##article.abstract##

Maqolada rus adabiyotining Kumush asriga mansub shoirlar – Anna Axmatova va Sergey Gorodetskiyning Buyuk Vatan urushi yillarida O‘zbekistonda, aniqrog‘i Toshkentda evakuatsiyada bo‘lgan davrdagi ijodi tadqiq etiladi. Toshkent shahri SSSRning frontoldi hududlaridan millionlab qochqinlarni qabul qilgani, shu bilan birga madaniyat va san’at namoyandalariga panoh bo‘lgani qayd etiladi. Qamalda qolgan Leningraddan Toshkentga evakuatsiya qilingan rus shoirlari tufayli 1941–1943 yillarda bu shahar mamlakatning yetakchi adabiy markazlaridan biriga aylangani ta’kidlanadi. Toshkentda tashkil etilgan “Toshkent adabiyot uyi”da Kumush asr shoirlarining yangi asarlari ilk bor o‘qilib, muhokama qilingani haqida ma’lumot beriladi. Evakuatsiya sharoitida yashagan shoirlar Toshkentni “Sharq yulduzi” sifatida madh etgani, Markaziy Osiyoni esa butun insoniyatning “vatanlar vatani” deb atagani e’tiborga olinadi. Shuningdek, ushbu davr o‘zbek adabiyotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgani hamda rus-o‘zbek adabiy an’analarini rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqqani ta’kidlanadi. XX asrning 40-yillari Anna Axmatova va Sergey Gorodetskiyning Toshkentda evakuatsiya sharoitida yashagan davri ularning hayotidagi eng esda qolarli, ijodida esa nihoyatda sermahsul bosqich bo‘lgani qayd etiladi.

##plugins.generic.usageStats.downloads##

##plugins.generic.usageStats.noStats##

##submissions.published##

2026-11-13

##issue.issue##

##section.section##

Articles