##about.aboutContext##

«Meros» ilmiy jurnali tarix, sharqshunoslik, manbashunoslik va madaniy merosni o'rganishga bag'ishlangan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy davriy nashr hisoblanadi. Jurnal O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan nashr etiladi.

Jurnalning asosiy maqsadi tarixiy manbalar, qo'lyozma merosi, arxiv hujjatlari hamda madaniy yodgorliklarni ilmiy jihatdan tadqiq etish, ularni ilmiy muomalaga kiritish va tarix fanining dolzarb muammolarini zamonaviy ilmiy metodologiyalar asosida yoritishdan iborat.

Ilmiy yo'nalishlar

  • Manbashunoslik va tarixshunoslik
  • Markaziy Osiyo tarixi
  • Sharqshunoslik tadqiqotlari
  • Matnshunoslik
  • Islom va tasavvuf
  • Arxeologiya va etnografiya
  • Madaniyat va sivilizatsiyalar tarixi
  • Xalqaro munosabatlar
  • Til va adabiyot
  • Falsafa

Peer-review jarayoni

Jurnalga yuborilgan barcha maqolalar ikki tomonlama ko'r (double blind peer-review) tizimi asosida ilmiy ekspertizadan o'tkaziladi.

Nashriyot ma'lumotlari

ISSN 2181-9017
Guvohnoma № 0680 — 16.02.2018
Muassasa Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
Manzil Mirzo Ulug'bek ko'chasi 79, Toshkent 100170
Telefon (8 371) 262-54-61
Faks (8371) 262-52-77
E-mail beruni1@academy.uz